Ijaraga oluvchi belgilangan tartibda ijaraga beruvchining roziligi bilan oila a'zolarini, oilaning voyaga yetgan barcha a'zolarining bergan yozma roziligiga binoan esa, munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uyidagi ijaraga olingan turar joyga boshqa fuqarolarni ko'chirib kiritishga haqlidir. Oilaning voyaga yetmagan a'zolarini ko'chirib kiritish uchun bunday rozilik talab etilmaydi.
Turar joyga boshqa shaxslarni ko'chirib kiritishga qonunchilikning har bir kishiga mo'ljallangan uy-joy maydonining ijtimoiy normasi to'g'risidagi talablariga rioya etilgan holda yo'l qo'yiladi, voyaga yetmagan bolalarni va mehnatga qobiliyatsiz yolg'iz ota-onalarni ko'chirib kiritish hollari bundan mustasno.
Turar joyga ijaraga oluvchining oila a'zosi sifatida ko'chib kelgan va ijara shartnomasiga kiritilgan fuqarolar, agar ular ko'chib kirayotganda bu shaxslar, ijaraga oluvchi va u bilan birga yashovchi oila a'zolari o'rtasida turar joydan foydalanish tartibi to'g'risida boshqacha kelishuv tuzilmagan bo'lsa, boshqa oila a'zolari bilan turar joydan foydalanishda teng huquqlarga ega bo'ladilar.
Ijaraga oluvchining turar joyiga vasiy yoki homiy sifatida ko'chib kirgan fuqarolar, shuningdek ijara shartnomasiga kiritilmagan boshqa shaxslar bu turar joyga nisbatan mustaqil huquqqa ega bo'lmaydilar.
lex.uz’dagi asl matnUy-joy kodeksi
51-modda. Ijaraga oluvchining turar joyga oila a'zolari va boshqa fuqarolarni ko'chirib kiritish huquqi
(51-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.