Жилищный кодекс

5-modda. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining uy-joy munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari

(5-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-1109-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.12.2025 й., 03/25/1109/1241-сон)

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining uy-joy munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlariga quyidagilar kiradi: uy-joy to'g'risidagi qonunchilikning ijrosini ta'minlash; uy-joy fondini va kommunal ob'yektlarni boshqarishni tashkil etish; o'z tasarrufidagi hududda kommunal xizmatlarga oid tarif siyosatini belgilangan tartibda shakllantirish; uy-joy fondini hisobga olish; davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va fuqarolarga ijara shartnomasi shartlari asosida berish; davlat uy-joy fondidagi turar joylarni ulardan belgilangan maqsadda foydalanish uchun yuridik shaxslarga arenda shartnomasi shartlari asosida berish; uy-joy fondidan foydalanilishi va uning asralishi, aholiga ko'rsatiladigan kommunal xizmatlar sifati ustidan nazoratni ta'minlash; aholining ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan va kam ta'minlangan toifalari orasidan uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo'lgan fuqarolarni hisobga olish hamda ularni aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan uy-joy bilan ta'minlash; fuqarolarning ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan va kam ta'minlangan toifalari uchun uy-joy qurish; uy-joy quruvchilarga uy-joy qurish uchun, shuningdek uy-joy mulqdorlarining shirkatlariga doimiy foydalanishga belgilangan tartibda yer uchastkalari berish; uy-joy fondiga xizmat ko'rsatuvchi kommunal xizmat ko'rsatish, ijtimoiy va transport infratuzilmasi ob'yektlarining lozim darajada saqlanishi hamda rivojlantirilishini ta'minlash; davlat uy-joy fondining turar joylarini bronlashtirish va almashtirish; qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

**Nimani anglatadi** Mahalliy hokimiyat organlar uy-joy masalalarini hal qilish uchun qonun bergan huquqlari. Ular turar joylarni taqsimlash, kommunal xizmatlarni boshqarish, kambag'al oilalarga uy berish, uy-joy qurish uchun yer berish va uy-joy fondini nazorat qilish kabi ishlarni bajaradi. **Kimga tegishli** Bu vakolatlar viloyat, tuman va shahar hokimiyat organlariga tegishli. **Amalda** Mahalliy hokimiyat davlat uy-joy fondidagi turar joylarni ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan fuqarolarni ro'yxatga oladi va ularni ijara shartnomasi asosida beradi. Shuningdek, uy-joy quruvchilarga qurilish uchun yer uchastkalari beradi va kommunal xizmatlar tarifini belgilaydi.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Turar joyni ijaraga berish shartnomasiIjara shartlarini yozma rasmiylashtiring — nizo chiqsa asosiy dalil shu bo‘ladi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.