Uy-joy kodeksi

27-modda. Yer uchastkalari davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun olib qo'yilishi munosabati bilan uyi (kvartirasi) buzilishi lozim bo'lgan fuqarolarni turar joy bilan ta'minlash

(27-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 14 мартдаги ЎРҚ-759-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 14.03.2022 й., 03/22/759/0213-сон)

Yer uchastkalari davlat yoki jamiyat ehtiyojlari uchun olib qo'yilishi munosabati bilan fuqarolar mulkida bo'lgan uylar (kvartiralar) buzilgan taqdirda, mulkdorlarga ularning tanlovi bo'yicha va taraflar kelishuviga ko'ra, uy-joy maydonining ijtimoiy normasidan kam bo'lmagan sahndagi, barcha qulayliklari bo'lgan, avvalgisiga teng qimmatli boshqa turar joy mulk qilib beriladi hamda dov-daraxtlarning bozor qiymati to'lanadi yoxud buzilayotgan uy (kvartira), boshqa imoratlar, inshootlar va dov-daraxtlarning bozor qiymati, shuningdek yer uchastkasiga bo'lgan huquqning bozor qiymati to'liq hajmda to'lanadi. Buzilayotgan uyning (kvartiraning) yoki yer uchastkasiga bo'lgan huquqning bozor qiymati berilayotgan uy-joyning yoki yer uchastkasiga bo'lgan huquqning bozor qiymatidan ortiq bo'lgan taqdirda, bu farq mulkdorga kompensatsiya qilinishi lozim, berilayotgan uy-joyning yoki yer uchastkasiga bo'lgan huquqning bozor qiymati buzilayotgan uyning (kvartiraning) yoki yer uchastkasiga bo'lgan huquqning bozor qiymatidan ortiq bo'lgan taqdirda esa, ushbu farq mulkdor tomonidan qaytarilishi talab etilmaydi. Buzilayotgan uylar o'rniga turar joyni mulk qilib berish va uylar, boshqa imoratlar, inshootlar hamda dov-daraxtlar qiymatini to'lash O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Turar joyni ijaraga berish shartnomasiIjara shartlarini yozma rasmiylashtiring — nizo chiqsa asosiy dalil shu bo‘ladi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.