Mulkida uyi, kvartirasi bo'lgan fuqarolar barcha voyaga yetgan oila a'zolarining, shu jumladan vaqtincha bo'lmagan oila a'zolarining yozma roziligiga binoan o'zlari egallab turgan turar joyni boshqa turar joy mulkdori yoki uy-joy qurish yoxud uy-joy kooperativining a'zosi bilan, shu jumladan boshqa aholi punktida yashayotganlar bilan almashtirishga haqlidirlar. Bunda oilaning voyaga yetmagan a'zolari roziligi ota-onalar tomonidan, ular bo'lmagan taqdirda esa – vasiylik va homiylik organlari tomonidan tasdiqlanadi.
Mulkida uyi, kvartirasi bo'lgan yuridik shaxslar uni boshqa turar joy mulkdori yoki uy-joy qurish yoxud uy-joy kooperativi a'zosi bilan almashtirishga haqlidirlar.
lex.uz’dagi asl matnUy-joy kodeksi
26-modda. Turar joyni almashtirish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.