Yer uchastkalari davlat yoki jamiyat ehtiyojlari uchun olib qo'yilishi munosabati bilan fuqarolar mulkida bo'lgan uylar (kvartiralar) buzilgan taqdirda, mulkdorlarga ularning tanlovi bo'yicha yakka tartibda uy-joy qurish uchun belgilangan norma doirasida yer uchastkasi beriladi. Bunda yer uchastkasini o'zlashtirish davriga uch yilgacha muddat bilan ijara shartnomasi asosida vaqtincha uy-joy berilib, buzilayotgan uylarning (kvartiralarning), imoratlarning, inshootlarning va ko'chirib tashlangan dov-daraxtlarning bozor qiymati, shuningdek olib qo'yilayotgan yer uchastkasiga bo'lgan huquqning bozor qiymati berilayotgan yer uchastkasiga bo'lgan huquqning bozor qiymatidan ortiq bo'lgan taqdirda yer uchastkalariga bo'lgan huquqlarning bozor qiymatlari o'rtasidagi farqlar to'liq hajmda qoplanadi.
lex.uz’dagi asl matnUy-joy kodeksi
28-modda. Yer uchastkalari davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun olib qo'yilishi munosabati bilan fuqarolarga mulk huquqi asosida tegishli bo'lgan uylar (kvartiralar) buzilganda yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi berish
(28-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2018 йил 11 октябрдаги ЎРҚ-497-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 12.10.2018 й., 03/18/497/2044-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.