Водный кодекс

15-modda. Suv resurslarini boshqarish organlari

Suv resurslarini boshqarish havzaviy, gidrografik printsip bo'yicha yoki ulardan oqilona foydalanishni ta'minlaydigan boshqa shartlarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Suv resurslarini boshqarishda quyidagilar maxsus vakolatli organlardir: yer usti suvlarini boshqarish bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligi va uning O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan organlari; yer osti suvlarini boshqarish bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Tog'-kon sanoati va geologiya vazirligi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.