Водный кодекс

150-modda. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun to'lovlar

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun to'lovlar quyidagilardan iborat: suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan; suv yetkazib berish va boshqa suv xo'jaligi xizmatlari uchun to'lovdan; suv olish kvotalarini boshqa suvdan foydalanuvchilardan sotib olish uchun to'lovdan (kvotaning bir qismini boshqalarga berishga doir shartnomaga muvofiq); suvdan limitdan ortiqcha foydalanganlik uchun to'lovdan (suvdan limitdan ortiqcha foydalanganlik yoki suv yetkazish bo'yicha majburiyatning bir qismini boshqalarga berishga doir shartnomaga muvofiq); atrof-muhitni (suvlar va joy relyefini) ifloslantirganlik uchun kompensatsiya to'lovidan. Atrof-muhitni ifloslantirganlik, shuningdek suvdan va suv ob'yektlaridan limitdan ortiqcha (normativdan ortiq) va boshqacha tarzda nooqilona ravishda foydalanganlik uchun kompensatsiya to'lovlari yuridik shaxs daromadidan (foydasidan) undiriladi, qolgan barcha to'lovlar esa yuridik shaxs bo'lgan suvdan foydalanuvchilar mahsulotining (ishlarining, xizmatlarining) tannarxiga kiritiladi. Suvdan foydalanganlik uchun to'lovlar va atrof-muhitni ifloslantirganlik uchun kompensatsiya to'lovlari bo'yicha imtiyozlar qonunchilikda belgilanadi. Ichimlik va xo'jalik-maishiy ehtiyojlari uchun ichimlik suv ta'minoti korxonalariga suv yetkazib berganlik hamda boshqa suv xo'jaligi xizmatlari uchun to'lov undirilmaydi. Suvdan va suv ob'yektlaridan foydalanganlik uchun to'lovlarning, suvni va suv ob'yektlarini ifloslantirganlik uchun kompensatsiya to'lovlarining to'lanishi yuridik hamda jismoniy shaxslarni suvdan va suv ob'yektlaridan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishdan va yetkazilgan zararning o'rnini qoplash majburiyatidan ozod etmaydi. Yong'inni o'chirish ehtiyojlari va favqulodda vaziyatlarning oldini olish uchun foydalanilgan suv hajmi uchun to'lov undirilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.