Suvdan va suv ob'yektlaridan oqilona foydalanishning hamda ularni muhofaza qilishni ta'minlashning iqtisodiy chora-tadbirlarida quyidagilar nazarda tutiladi:
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq undirish, suv yetkazib berish va ko'rsatilgan boshqa suv xo'jaligi xizmatlari uchun to'lov, suv ob'yektlarini ifloslantirganlik va ularga zararli ta'sir ko'rsatganlik uchun kompensatsiya to'lovlari;
suvdan foydalanuvchilarga suvni tejashda, suvning hisobini yuritishda, suvni tejaydigan sug'orish va suvni tozalash texnologiyalarini joriy etishda, suvni muhofaza qilish va tejashda samara beradigan boshqa faoliyatni amalga oshirishda qonunchilikka muvofiq beriladigan soliq, kredit imtiyozlari va boshqa imtiyozlar;
suv yetkazib beruvchi tashkilotlar orasida raqobatni rivojlantirish, suv resurslarini boshqarish va suvdan foydalanuvchilarga suv yetkazib berish jarayonlariga davlat-xususiy sheriklik printsiplarini joriy etish.
Nodavlat notijorat tashkilotlari o'z ta'sis hujjatlariga muvofiq suvdan va suv ob'yektlaridan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilishga doir samarali chora-tadbirlar tatbiq etilishini qonunchilikda belgilangan tartibda rag'batlantirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn149-modda. Suvdan va suv ob'yektlaridan oqilona foydalanishning hamda ularni muhofaza qilishning iqtisodiy va boshqa chora-tadbirlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.