«Fuqarolar sog'lig'ini saqlash to'g'risida»gi qonun

40-modda. Patologik-anatomik tadqiqotlar o'tkazish va odamning o'lgan vaqtini aniqlash

Patologik-anatomik tadqiqotlar sog'liqni saqlash muassasalarida odam hayotligida hamda o'lganidan so'ng tashxis qo'yish (biopsiya va autopsiya), shuningdek, klinik sharoitda tashxis qo'yish va kasallikni davolash ishlarining to'g'ri olib borilganligini nazorat qilish, o'lim sabablari haqida aniq ma'lumotlar olish maqsadida o'tkaziladi. Patologik-anatomik tadqiqotlar o'tkazish va odamning o'lgan vaqtini aniqlash tartibi O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.