«Fuqarolar sog'lig'ini saqlash to'g'risida»gi qonun

4-modda. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining fuqarolar sog'lig'ini saqlash sohasidagi vakolatlari

(4-модданинг ўн биринчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-1109-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.12.2025 й., 03/25/1109/1241-сон)

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: sog'liqni saqlash sohasida inson huquqlari himoya qilinishini; fuqarolar sog'lig'ini saqlash sohasidagi davlat siyosatini; sog'liqni saqlash va tibbiyot fanini rivojlantirish dasturlari tasdiqlanishi va mablag' bilan ta'minlanishini; sog'liqni saqlash davlat tizimini boshqarishni; sanitariya-epidemiologiya xotirjamligini ta'minlash ustidan nazoratni; favqulodda vaziyatlarda odamlarning hayotini saqlab qolish va ularning sog'lig'ini muhofaza etish chora-tadbirlari ko'rilishini, fuqarolarni favqulodda vaziyat zonasidagi ahvol va ko'rilayotgan chora-tadbirlardan xabardor qilishni; fuqarolar sog'lig'ini saqlash sohasida statistika hisobi va hisobotning yagona tizimi o'rnatilishini; O'zbekiston Respublikasi fuqarolari tibbiy sug'urtasining tayanch dasturlarini tasdiqlashni; fuqarolarning ayrim guruhlariga tibbiy yordam ko'rsatishda va ularni dori vositalari bilan ta'minlashda imtiyozlar belgilashni; respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo'jalik yurituvchi sub'yektlarning fuqarolar sog'lig'ini saqlash sohasidagi, oilani, onalik va bolalikni muhofaza qilish borasidagi faoliyatlarini muvofiqlashtirib borishni va nazorat qilib turishni; qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.