O'zbekiston Respublikasida tibbiyot va farmatsevtika faoliyati bilan shug'ullanish huquqiga oliy yoki o'rta maxsus tibbiyot o'quv yurtini tamomlaganlik to'g'risida diplom olgan shaxslar ega bo'ladilar.
Tibbiy ma'lumotga ega bo'lmagan shaxslar ham O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi huzuridagi Xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy xizmat ko'rsatish faoliyatini litsenziyalash bo'yicha maxsus komissiyaning xulosasi asosida xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy faoliyat bilan shug'ullanish huquqiga ega bo'ladilar.
Tibbiyot va farmatsevtika ma'lumoti to'g'risidagi diplomni xorijiy davlatlarda olgan shaxslarning tibbiyot yoki farmatsevtika faoliyati bilan shug'ullanishiga O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda yo'l qo'yiladi.
O'z kasbi bo'yicha uch yildan ko'p ishlamagan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining tegishli faoliyat bilan shug'ullanishiga tegishli o'quv yurtlarida qayta tayyorgarlikdan o'tganlaridan keyin yoki O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligining attestatsiya komissiyalari o'tkazadigan attestatsiya asosida yo'l qo'yiladi.
Tibbiyot yoki farmatsevtika sohasida tugallanmagan oliy ma'lumoti bo'lgan shaxslarning tibbiyot sohasida o'rta ma'lumoti bo'lgan xodimlar ishlaydigan lavozimlarda tibbiyot yoki farmatsevtika faoliyati bilan shug'ullanishiga O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda yo'l qo'yiladi.
Oliy va o'rta maxsus tibbiyot o'quv yurtlari talabalarining fuqarolarga tibbiy yordam ko'rsatishda ta'lim dasturlariga muvofiq qatnashishiga tibbiyot xodimlari nazorati ostida, O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda yo'l qo'yiladi.
G'ayriqonuniy ravishda tibbiyot va farmatsevtika faoliyati bilan shug'ullanuvchi shaxslar qonunga muvofiq javobgar bo'ladilar.
lex.uz’dagi asl matn«Fuqarolar sog'lig'ini saqlash to'g'risida»gi qonun
41-modda. Tibbiyot va farmatsevtika faoliyati bilan shug'ullanish huquqi
(41-модда Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 22 майдаги ЎРҚ-540-сонли Қонунига асосан иккинчи қисм билан тўлдирилган — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 23.05.2019 й., 03/19/540/3167-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.