«Fuqarolar sog'lig'ini saqlash to'g'risida»gi qonun

39-modda. Sud-tibbiyot va sud-psixiatriya ekspertizalari

(39-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Sud-tibbiyot ekspertizasi davlat sog'liqni saqlash tizimining tibbiy muassasalarida ekspert tomonidan, uning yo'qligida esa — ekspertiza o'tkazishga jalb etilgan shifokor tomonidan tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi asosida o'tkaziladi. Sud-psixiatriya ekspertizasi davlat sog'liqni saqlash tizimining shu maqsadga mo'ljallangan muassasalarida o'tkaziladi. Sud-tibbiyot va sud-psixiatriya ekspertizalarini tashkil etish va o'tkazish tartibi qonunchilikda belgilab qo'yiladi. Sud-tibbiyot va sud-psixiatriya ekspertizalarini o'tkazgan muassasalarning xulosalari ustidan fuqaroning o'zi yoki uning qonuniy vakili sudga shikoyat qilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.