Soliq kodeksi

470-modda. Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotlarini taqdim etish va soliqni to'lash tartibi

(470-модда учинчи қисмининг биринчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1108-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 25.12.2025 й., 03/25/1108/1217-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 1 январь)

Hisobot (soliq) davri yakunlari bo'yicha soliq summasi soliq to'lovchi tomonidan mustaqil ravishda aniqlanadi. Agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilgan bo'lmasa, hisobot davri yakunlari bo'yicha soliq summasi soliq davri boshidan ortib boruvchi yakun bilan soliq bazasining mos soliq stavkasiga foiz ulushi sifatida hisoblab chiqariladi. Soliq hisoboti soliq to'lovchi (soliq agenti) tomonidan soliq hisobida turgan joyidagi soliq organiga quyidagi muddatlarda taqdim etiladi: 1) hisobot davri yakunlari bo'yicha — hisobot davridan keyingi oyning o'n beshinchi kunidan kechiktirmay; 2) soliq davri yakunlari bo'yicha — soliq davridan keyingi davrning 15 fevralidan kechiktirmay. Ushbu Kodeks 465-moddasining to'rtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan yakka tartibdagi tadbirkorlarning va o'zini o'zi band qilgan shaxslarning tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlari bo'yicha soliq hisobotlari soliq agentlari tomonidan har bir yakka tartibdagi tadbirkor yoki o'zini o'zi band qilgan shaxs kesimida taqdim etiladi. Bunda hisoblangan va to'langan soliq hisobi yakka tartibdagi tadbirkor yoki o'zini o'zi band qilgan shaxs soliq to'lovchi sifatida hisobda turgan joydagi soliq organidagi soliq to'lovchining shaxsiy hisobvarag'ida yuritiladi. Hisobot (soliq) davri yakunlari bo'yicha soliqni to'lash tegishli hisobot (soliq) davri uchun soliq to'lovchi (soliq agenti) tomonidan soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.