To'g'ridan-to'g'ri xususiy chet el investitsiyalarini jalb etgan holda tashkil etilgan va qonunchilikda tasdiqlanadigan ro'yxat bo'yicha mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yuridik shaxslar uchun ayrim soliqlar bo'yicha imtiyozlarni qo'llashning o'ziga xos xususiyatlari nazarda tutiladi.
To'g'ridan-to'g'ri xususiy chet el investitsiyalari deganda chet davlatning fuqarolari bo'lgan jismoniy shaxslar, O'zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy yashovchi fuqaroligi bo'lmagan shaxslar, shuningdek chet ellik nodavlat yuridik shaxslar tomonidan O'zbekiston Respublikasining kafolatini taqdim etmasdan amalga oshiriladigan investitsiyalar tushuniladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan yuridik shaxslarga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan belgilanadigan muddatga kiritilgan to'g'ridan-to'g'ri xususiy chet el investitsiyalari hajmiga qarab, yer solig'ini va mol-mulk solig'ini to'lashdan ozod etish tarzidagi soliq imtiyozlari beriladi.
To'g'ridan-to'g'ri xususiy chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona soliq to'g'risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa soliq imtiyozlardan foydalanishga haqli.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
471-modda. To'g'ridan-to'g'ri xususiy chet el investitsiyalari ishtirokidagi yuridik shaxslarga soliq solish shartlari
(471-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1108-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 25.12.2025 й., 03/25/1108/1217-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 1 январь)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.