Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va o'zini o'zi band qilgan shaxslar, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, mazkur tovarlarni (xizmatlarni) sotib oluvchilarga hisobvaraq-fakturani taqdim etishi shart.
Hisobvaraq-faktura, qoida tariqasida, elektron hisobvaraq-fakturalarning axborot tizimida elektron shaklda rasmiylashtiriladi.
Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish chog'ida, agar sotuvchi xaridorga kassa cheki yoki belgilangan shakldagi boshqa hujjatni bersa, ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan qoidalar qo'llanilmaydi.
Realizatsiya qilinayotgan tovarlar (xizmatlar) qiymati o'zgarganda, shu jumladan yetkazib berilgan tovarlar yoki ko'rsatilgan xizmatlar narxi o'zgargan yoxud miqdori (hajmi) aniqlashtirilgan hollarda, sotuvchi sotib oluvchiga ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda qo'shimcha yoki tuzatilgan hisobvaraq-fakturani taqdim etishi shart.
Ushbu Kodeksning 279-moddasiga muvofiq hisobga turishi lozim bo'lgan chet el yuridik shaxslari hisobvaraq-fakturalarni taqdim etmaydi, sotib olish reyestrlarini, sotish reyestrlarini, hisobga olish jurnallarini hamda ushbu Kodeks 282-moddasida ko'rsatilgan xizmatlarni ko'rsatish qismi bo'yicha qabul qilingan va berilgan hisobvaraq-fakturalarni yuritmaydi.
Hisobvaraq-fakturaning shakli va uni to'ldirish tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
47-modda. Hisobvaraq-faktura
(47-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1108-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 25.12.2025 й., 03/25/1108/1217-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 1 январь)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.