«Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida»gi qonun

22-modda. Shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berishga taalluqli axborotni taqdim etish tartibi

Sub'yekt o'zining shaxsga doir ma'lumotlariga ishlov berishga taalluqli bo'lgan, quyidagilar ko'rsatilgan axborotni olish huquqiga ega: shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berilganligi faktining tasdig'i; shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish asoslari va maqsadlari; shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berishda qo'llaniladigan usullar; mulkdorning va (yoki) operatorning nomi hamda ularning (uning) joylashgan yeri (pochta manzili), shaxsga doir ma'lumotlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo'lgan yoxud mulkdor va (yoki) operator bilan tuzilgan shartnoma asosida yoki qonun asosida shaxsga doir ma'lumotlar o'ziga oshkor qilinishi mumkin bo'lgan shaxslar haqidagi ma'lumotlar; tegishli sub'yektga taalluqli bo'lgan, ishlov beriladigan shaxsga doir ma'lumotlarning tarkibi, ularni olish manbai, agar ushbu Qonunda bunday ma'lumotlarni taqdim etishning boshqacha tartibi nazarda tutilgan bo'lmasa; shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish muddatlari, shu jumladan ularni saqlash muddatlari; ushbu Qonunning 30-moddasida nazarda tutilgan huquqlarning sub'yekt tomonidan amalga oshirilish tartibi; shaxsga doir ma'lumotlarning amalga oshirilgan yoki mo'ljallanilayotgan transchegaraviy uzatilishi to'g'risidagi axborot. Sub'yektga o'zining shaxsga doir ma'lumotlarini taqdim etish boshqa shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan hollarda, sub'yektning o'z shaxsga doir ma'lumotlariga ishlov berilishiga taalluqli axborotni olishga bo'lgan huquqi cheklanishi mumkin. Sub'yektning shaxsga doir ma'lumotlariga ishlov berishga taalluqli axborotni uchinchi shaxsga taqdim etish tartibi sub'yektning shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish uchun roziligi shartlariga ko'ra belgilanadi. Mulkdor va (yoki) operator quyidagi hollarda sub'yektga uning shaxsga doir ma'lumotlariga ishlov berishga taalluqli axborotni taqdim etish majburiyatidan ozod etiladi, agar: sub'yekt o'zining shaxsga doir ma'lumotlariga ishlov berishni amalga oshirish to'g'risida ilgari xabardor qilingan bo'lsa; shaxsga doir ma'lumotlar sub'yekt tomonidan hamma foydalana oladigan qilingan bo'lsa yoki hamma foydalanishi mumkin bo'lgan manbadan olingan bo'lsa; bunday axborotning berilishi jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishiga olib keladigan bo'lsa. Shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berishga taalluqli axborotni taqdim etishni rad qilish to'g'risidagi xabarnoma so'rov bergan sub'yektga o'n kun ichida yozma shaklda yuboriladi. Shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berishga taalluqli axborotni taqdim etishni rad qilish to'g'risidagi qaror ustidan sub'yekt vakolatli davlat organiga yoki sudga shikoyat qilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.