Sub'yekt o'zining shaxsga doir ma'lumotlari shaxsga doir ma'lumotlar bazasiga kiritilayotganda shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish maqsadlari, ushbu Qonunning 30-moddasida belgilangan o'z huquqlari haqida yozma shaklda xabardor qilinishi kerak.
Shaxsga doir ma'lumotlar uchinchi shaxsga berilgan taqdirda, mulkdor va (yoki) operator bu haqda sub'yektni uch kun ichida yozma shaklda xabardor qiladi.
Sub'yektni yozma shaklda xabardor qilish quyidagi hollarda amalga oshirilmaydi:
davlat organlari o'z vakolatlarini amalga oshirayotganda;
shaxsga doir ma'lumotlar tarixiy, statistik, sotsiologik yoki ilmiy maqsadlarda ishlov berish uchun berilganda;
shaxsga doir ma'lumotlar hamma foydalanishi mumkin bo'lgan manbalardan yig'ilganda.
lex.uz’dagi asl matn«Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida»gi qonun
23-modda. Shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish chog'idagi harakatlar to'g'risida xabardor qilish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.