Sub'yekt shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish uchun rozilikni uning olinganligi faktini tasdiqlash imkonini beruvchi har qanday shaklda beradi.
Shaxsga doir maxsus ma'lumotlarga ishlov berish uchun sub'yektning yozma shakldagi, shu jumladan elektron hujjat tarzidagi roziligi talab etiladi.
Sub'yekt muomalaga layoqatsiz bo'lgan yoki uning muomala layoqati cheklangan taqdirda, uning qonuniy vakili sub'yektning shaxsga doir ma'lumotlariga ishlov berish uchun yozma ravishda, shu jumladan elektron hujjat tarzida rozilik beradi.
Voyaga yetmagan sub'yektlarning shaxsga doir ma'lumotlariga ishlov berish uchun ularning ota-onalari (vasiylari, homiylari), ular yo'qligida esa vasiylik va homiylik organlari yozma shaklda, shu jumladan elektron hujjat tarzida rozilik beradi.
Sub'yekt vafot etgan taqdirda, uning shaxsga doir ma'lumotlariga ishlov berish uchun rozilikni, agar sub'yekt hayotligi chog'ida bunday rozilikni bermagan bo'lsa, uning merosxo'rlari yozma shaklda, shu jumladan elektron hujjat tarzida beradi.
Sud tomonidan vafot etgan deb e'lon qilingan, bedarak yo'qolgan deb topilgan sub'yektning shaxsga doir ma'lumotlariga ishlov berish uning merosxo'rlarining yozma shaklda, shu jumladan elektron hujjat tarzida berilgan roziligiga ko'ra amalga oshiriladi.
Sub'yekt shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish uchun berilgan rozilikni ushbu rozilik qanday shaklda berilgan bo'lsa, shunday shaklda yoxud yozma shaklda, shu jumladan elektron hujjat tarzida chaqirib oladi.
lex.uz’dagi asl matn«Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida»gi qonun
21-modda. Shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berishga rozilik berish va rozilikni chaqirib olish tartibi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.