«Qurol to'g'risida»gi qonun

23-modda. Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o'q-dorilarini olib yurish

(23-модда биринчи қисмининг биринчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 31 майдаги ЎРҚ-772-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 01.06.2022 й., 03/22/772/0460-сон — 2022 йил 2 сентябрдан кучга киради)

Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o'q-dorilarini olib yurish muayyan turdagi, xildagi va modeldagi qurolni olib yurish, saqlash hamda olib yurish uchun ichki ishlar organlari tomonidan berilgan ruxsatnomalar asosida quyidagi hollarda amalga oshiriladi: maxsus xizmat vazifalariga ega yuridik shaxslarning xodimlari tomonidan — xizmat majburiyatlarini bajarishi chog'ida; O'zbekiston Respublikasi fuqarolari, O'zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar tomonidan — ov qilinadigan, sport tadbirlari yoki otish mashqlari o'tkaziladigan joylarda, o'quv maqsadida, o'zini o'zi himoya qilish maqsadida. O'zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet el fuqarolari o'zlariga tegishli fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o'q-dorilarini ov yoki sport tadbirlari o'tkaziladigan joylarda olib yurishi mumkin. Uzun stvolli o'qotar qurolni olib yurish g'ilofidan olingan holatda, himoyalagichga qo'yilgan o'qlangan o'qdon (baraban) bilan, kalta stvolli o'qotar qurolni olib yurish esa xuddi shunday holatda g'ilofda amalga oshiriladi. Patronni o'qdonga yuborishga faqat qurolni qo'llash zarurati bo'lganda yoxud zaruriy mudofaa holatida yoki oxirgi zarurat holatida fuqarolarning hayoti, sog'lig'i hamda mol-mulkini, shuningdek yuridik shaxslarning mol-mulkini himoya qilish uchun ruxsat etiladi. Yaroqlilik, saqlash yoki foydalanish muddati o'tgan texnik jihatdan nosoz fuqaroviy va xizmat qurolidan hamda uning o'q-dorilaridan, shu jumladan gazli quroldan foydalanish taqiqlanadi, bundan tadqiqot ishlarini va sinovlarni o'tkazish yoxud qurolning hamda uning o'q-dorilarining texnik holatini tekshirish hollari mustasno. Jismoniy shaxslar ov vaqtida ov qurolini va uning o'q-dorilarini olib yurganda shaxsini tasdiqlovchi hujjatni, ovchilar jamoat birlashmasi tomonidan berilgan ovchilik guvohnomasini, ov qilish huquqiga doir hujjatlarni, qurolni saqlash va olib yurishga doir ruxsatnomani yonida olib yurishi shart. Fuqaroviy va xizmat qurolini saqlash hamda olib yurish huquqiga ega bo'lgan jismoniy shaxslar ulardan xavfsiz foydalanishga doir belgilangan qoidalarni bajarishi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.