Jismoniy va yuridik shaxslar ichki ishlar organlarining ruxsatnomalari asosida qurolni hamda uning o'q-dorilarini kollektsiyalash va ko'rgazmaga qo'yish huquqiga ega.
Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ilmiy-texnikaviy, badiiy, kriminalistik, tarixiy, axborot, bilim orttirish maqsadlarida hamda boshqa maqsadlarda to'plamlar tuzish uchun qurolni va uning o'q-dorilarini yig'ish hamda saqlash kollektsiya deb e'tirof etiladi.
Qurolni va uning o'q-dorilarini muzeybop tarzda kollektsiyalash yuridik shaxslar tomonidan ana shu maqsadlar uchun mo'ljallangan alohida, maxsus binolarda amalga oshiriladi.
Qurolni va uning o'q-dorilarini muzey binolarida saqlash ularning but saqlanishini, saqlash xavfsizligini ta'minlaydigan va ularga begona shaxslar kirishini istisno etadigan sharoitlarda amalga oshirilishi kerak.
Qurolni muzey binolaridan tashqarida ko'rgazmaga qo'yishga faqat signalizatsiya bilan jihozlangan yopiq vitrinalar va stendlarda yo'l qo'yiladi.
Qurolni va uning o'q-dorilarini kollektsiyalash jismoniy shaxslar tomonidan o'zining doimiy yashash joyida, ularning but saqlanishini, saqlash xavfsizligini ta'minlaydigan va ularga begona shaxslar kirishini istisno etadigan shartlarga rioya etgan holda, qulflanadigan seyflarda yoki metall shkaflarda amalga oshiriladi.
Qurolning o'q-dorilari faqat o'qsizlantirilgan holda ko'rgazmaga qo'yilishi mumkin.
Ichki ishlar organlarida ro'yxatdan o'tkazilmagan quroldan ko'rgazmaga qo'yish uchun foydalanish taqiqlanadi.
Qurolni va uning o'q-dorilarini ko'rgazmaga qo'yishga doir ruxsatnomaga ega bo'lgan jismoniy va yuridik shaxslar ko'rgazmani tashkil etish chog'ida:
binolarni ijaraga olish, qurolni va uning o'q-dorilarini ko'rgazmaga qo'yish tartibi, ularning but saqlanishini ta'minlash to'g'risida shartnomalar tuzishi;
chet ellik ishtirokchilar uchun O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ularga tegishli qurolni va uning o'q-dorilarini O'zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishga doir ruxsatnomasini, shuningdek ularni tashishga doir ruxsatnomasini olishi;
ko'rgazmaga qo'yish rejalarini va ekspozitsiyalarni joylashtirish sxemalarini ko'rgazma o'tkaziladigan joydagi ichki ishlar organlariga kelishib olish uchun taqdim etishi;
ko'rgazmaga qo'yilgan qurol va uning o'q-dorilari joylashtiriladigan hamda saqlanadigan joylarga begona shaxslarning ruxsatsiz kirishiga yo'l qo'ymasligi;
qurol va uning o'q-dorilari ekspozitsiyalari ochiq vitrinalar va stendlarda joylashtirilgan taqdirda, qurolni hamda uning o'q-dorilarini har kuni ko'rgazma ishi tugagach saqlash uchun ular but saqlanishini ta'minlashga doir talablarga binoan jihozlangan xonalarda saqlash uchun topshirishi shart.
lex.uz’dagi asl matn«Qurol to'g'risida»gi qonun
22-modda. Qurolni va uning o'q-dorilarini kollektsiyalash hamda ko'rgazmaga qo'yish
(22-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 31 майдаги ЎРҚ-772-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 01.06.2022 й., 03/22/772/0460-сон — 2022 йил 2 сентябрдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.