Yuridik shaxslar o'zlariga tegishli fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o'q-dorilarini ichki ishlar organlarining fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o'q-dorilarini tashish uchun amal qilish muddati uch oy bo'lgan ruxsatnomalari asosida tashish huquqiga ega.
Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o'q-dorilarini tashish uchun yuridik shaxslar:
tashish uchun tuzilishi yukni begona shaxslarning ko'rishi va unga kirishi imkoniyatini istisno etadigan texnik jihatdan soz transport vositalarini ajratishi;
qurolni va uning o'q-dorilarini zavod o'rovida yoxud so'rg'ichlangan yoki plombalangan maxsus idishda tashishi;
o'n donadan ko'p miqdordagi o'qotar qurol yoki uning besh yuz donadan ortiq miqdordagi o'q-dorilari turkumi olib borilayotgan yo'lda ichki ishlar organlarining, O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlarining yoki idoraviy harbiylashtirilgan qo'riqlash organlarining qurolli qo'riqchilari tomonidan kuzatib borilishini ta'minlashi shart.
Fuqaroviy va xizmat quroli tashish chog'ida o'q-dorilardan alohida, o'qi chiqarib olingan holatda bo'lishi kerak.
Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o'q-dorilarini tashiyotgan transport vositasining ochilganligi, idishning shikastlanganligi, muhrlarning izlari yoki plombalar buzilganligi alomatlari aniqlangan taqdirda, qurolli qo'riqchilar boshlig'i bu haqda darhol ichki ishlar organlariga xabar qilishi, dalolatnoma tuzishi, sodir bo'lgan holatning sabablarini aniqlash yuzasidan zarur choralar ko'rishi hamda hodisa joyi qo'riqlanishini ta'minlashi shart.
Ichki ishlar organlarining fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o'q-dorilarini tashishga doir ruxsatnomalarisiz:
yuridik shaxslar tomonidan Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududi doirasida, mazkur qurollarni va uning o'q-dorilarini ichki ishlar organlari ro'yxatga olgan joyda;
jismoniy shaxslar tomonidan ov quroli, silliq stvolli sport quroli va uning o'q-dorilarini ovda hamda sport tadbirlarida ishtirok etish uchun ichki ishlar organlarining mazkur turdagi qurolni saqlash va olib yurishga doir ruxsatnomalari asosida;
jismoniy shaxslar tomonidan o'zini o'zi himoya qilish qurolini ichki ishlar organlarining mazkur turdagi qurolni saqlash va olib yurishga doir ruxsatnomalari asosida;
ushbu Qonun 11-moddasining to'rtinchi qismiga muvofiq ichki ishlar organlarida ro'yxatdan o'tkazilmaydigan fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o'q-dorilarini tashish amalga oshiriladi.
Jismoniy shaxslarga tegishli fuqaroviy va xizmat qurolini tashish jildlarda, qinlarda yoki maxsus g'iloflarda amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn«Qurol to'g'risida»gi qonun
24-modda. Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o'q-dorilarini tashish
(24-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 31 майдаги ЎРҚ-772-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 01.06.2022 й., 03/22/772/0460-сон — 2022 йил 2 сентябрдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.