To'lovlarni kafolatlash jamg'armasining mol-mulki quyidagilar hisobiga shakllantiriladi:
sug'urtalovchilarning bir yo'la va kalendar muddatlarda to'lanadigan badallari;
To'lovlarni kafolatlash jamg'armasi amalga oshirgan kompensatsiya to'lovlari va jabrlanuvchilarning (ularning merosxo'rlari yoki huquqiy vorislarining) tegishli talablarini ko'rib chiqish bo'yicha xarajatlar doirasida jabrlanuvchilarga yetkazilgan zarar uchun javobgar shaxslarga nisbatan talab qilish huquqini To'lovlarni kafolatlash jamg'armasi tomonidan realizatsiya qilishdan tushgan mablag'lar;
To'lovlarni kafolatlash jamg'armasining pul mablag'larini joylashtirishdan olingan daromadlar;
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
To'lovlarni kafolatlash jamg'armasi moliyaviy yordam ko'rsatishi va xayriya faoliyati bilan shug'ullanishi, shuningdek yuridik shaxslarning muassisi bo'lishi hamda sug'urta tashkilotlarining ustav fondida ishtirok etishi mumkin emas.
To'lovlarni kafolatlash jamg'armasi o'z majburiyatlari yuzasidan o'zining barcha mol-mulki bilan javob beradi.
To'lovlarni kafolatlash jamg'armasining kompensatsiya to'lovlarini moliyalashtirish va sug'urta mukofotlari bo'yicha siylovlarni kompensatsiya qilish uchun mo'ljallangan mablag'lari To'lovlarni kafolatlash jamg'armasining boshqa mol-mulkidan ajratib qo'yiladi, ular bo'yicha alohida hisob yuritiladi va alohida bank hisobvarag'i ochiladi.
To'lovlarni kafolatlash jamg'armasining kompensatsiya to'lovlarini moliyalashtirish va sug'urta mukofotlari bo'yicha siylovlarni kompensatsiya qilish uchun mo'ljallangan mablag'larining vaqtincha bo'sh turgan qismini investitsiyalash yo'nalishlari hamda hajmlari har yili To'lovlarni kafolatlash jamg'armasining kuzatuv kengashi (bundan buyon matnda kuzatuv kengashi deb yuritiladi) tomonidan tasdiqlanadi. To'lovlarni kafolatlash jamg'armasining mazkur mablag'larni investitsiyalash diversifikatsiya, qaytarilish, foydalilik va likvidlik shartlari asosida amalga oshiriladi.
Maxsus vakolatli davlat organi To'lovlarni kafolatlash jamg'armasining kompensatsiya to'lovlarini moliyalashtirish va sug'urta mukofotlari bo'yicha siylovlarni kompensatsiya qilish uchun bank hisobvarag'idagi mablag'larning eng kam summasiga nisbatan talablar belgilashi mumkin.
To'lovlarni kafolatlash jamg'armasining moliyaviy faoliyati har yili auditorlik tekshiruvidan o'tkazilishi shart.
lex.uz’dagi asl matn«Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risida»gi qonun
31-modda. To'lovlarni kafolatlash jamg'armasining mol-mulki va moliyaviy faoliyati
(31-модда биринчи қисмининг бешинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.