To'lovlarni kafolatlash jamg'armasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
transport vositalaridan foydalanilayotganda jabrlanuvchilarga yetkazilgan zararning o'rni ularga ushbu Qonun talablariga muvofiq kompensatsiya to'lovlarini amalga oshirish orqali kafolatli qoplanishini ta'minlash;
ushbu Qonunga muvofiq sug'urta mukofotlari bo'yicha siylovlar olish huquqiga ega bo'lgan fuqarolarning ayrim toifalarini qo'llab-quvvatlash tizimini mazkur siylovlarni kompensatsiya qilish orqali moliyaviy jihatdan ta'minlash;
majburiy sug'urta to'g'risidagi ma'lumotlarni, shu jumladan majburiy sug'urta shartnomalari, sug'urta hodisalari, sug'urta qildiruvchilar va jabrlanuvchilar shaxsiga oid ma'lumotlarni o'z ichiga olgan axborot ma'lumotlar bazasini shakllantirish, shuningdek mazkur ma'lumotlar sug'urtalovchilar va To'lovlarni kafolatlash jamg'armasi o'rtasida qonunchilikda belgilangan sug'urta siri to'g'risidagi talablar ta'minlangan holda ayirboshlanishini tashkil etish;
ushbu moddaga muvofiq To'lovlarni kafolatlash jamg'armasi zimmasiga yuklatilgan asosiy vazifalarni amalga oshirish bo'yicha uning faoliyatini tartibga soluvchi qoidalarni maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda ishlab chiqish va tasdiqlash.
lex.uz’dagi asl matn30-modda. To'lovlarni kafolatlash jamg'armasining asosiy vazifalari
(30-модданинг тўртинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
To'lovlarni kafolatlash jamg'armasi — avtomobil hodisalarida jabrlanuvchilarga pul to'lash uchun tashkil etilgan tashkilot. Uning asosiy ishi — sug'urta kompaniyasi to'lay olmasa ham, zarari ko'rgan odamga kompensatsiya berish. Jamg'arma ma'lumotlar bazasi yaratadi va sug'urta kompaniyalari bilan ishlaydi.
**Kimga tegishli**
Bu vazifalar To'lovlarni kafolatlash jamg'armasiga tegishli.
**Amalda**
Avtomobil halokati bo'lib, jabrlanuvchi 5 million so'm zarari ko'rdi, lekin sug'urta kompaniyasi bankrot bo'ldi. Jamg'arma shu pul to'laydi va jabrlanuvchi kompensatsiya oladi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.