«Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risida»gi qonun

32-modda. Sug'urtalovchilarning To'lovlarni kafolatlash jamg'armasiga to'laydigan majburiy badallari

(32-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 22 июндаги ЎРҚ-1154-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 23.06.2026 й., 03/26/1154/0618-сон)

Bir yo'la va kalendar muddatlarda to'lanadigan badallar sug'urtalovchilarning To'lovlarni kafolatlash jamg'armasiga to'laydigan majburiy badallaridir. Sug'urtalovchining To'lovlarni kafolatlash jamg'armasiga bir yo'la to'laydigan badali miqdori To'lovlarni kafolatlash jamg'armasiga badalni to'lash kunidagi, qonunchilikda belgilangan sug'urtalovchi ustav fondi eng kam miqdorining 0,1 foizini tashkil etadi. Kalendar muddatlarda to'lanadigan badal sug'urtalovchilar tomonidan To'lovlarni kafolatlash jamg'armasiga yilning har choragida o'tkaziladigan pul mablag'laridan iborat bo'ladi. To'lovlarni kafolatlash jamg'armasi kalendar muddatlarda to'lanadigan badal miqdorini sug'urtalovchi tuzgan majburiy sug'urta shartnomalari bo'yicha jami sug'urta summasining yilning hisobot choragidagi o'sishi hajmidan kelib chiqib, maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda belgilaydi. Sug'urtalovchilar tomonidan kalendar muddatlarda to'lanadigan badallarni to'lash kalendar muddatlarda to'langan badallar summasi majburiy sug'urta shartnomalari bo'yicha jami sug'urta summasidan kelib chiqib, maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda To'lovlarni kafolatlash jamg'armasi tomonidan belgilangan miqdorga yetganda to'xtatiladi. Majburiy sug'urta shartnomalari bo'yicha jami sug'urta summasining miqdori o'zgarganda, sug'urtalovchi tomonidan To'lovlarni kafolatlash jamg'armasiga kalendar muddatlarda to'langan badallar summasi qaytadan hisob-kitob qilinishi kerak. Kalendar muddatlarda to'lanadigan badal stavkasi o'zgargan taqdirda, To'lovlarni kafolatlash jamg'armasi bu haqda sug'urtalovchilarga keyingi to'lov muddatidan kamida o'ttiz kun oldin xabar qilishi shart. Sug'urtalovchilarning To'lovlarni kafolatlash jamg'armasiga to'laydigan majburiy badallari ularning ko'rsatilayotgan xizmatlar tannarxiga kiritiladigan xarajatlariga tegishli bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.