«Ommaviy axborot vositalari to'g'risida»gi qonun

11⁴-modda. Muassis huquqlari va majburiyatlarining tugatilishi

(11⁴-модда Ўзбекистон Республикасининг 2002 йил 30 августдаги 405–II-сон Қонуни билан киритилган — Олий Мажлис Ахборотномаси, 2002 й., 9-сон, 165-модда)

Muassisning huquqlari va majburiyatlari quyidagi hollarda tugatiladi: ommaviy axborot vositasi uchinchi shaxs foydasini ko'zlab boshqa shaxsga o'tkazilganda; muassis — yuridik shaxs bankrotga uchraganda yoki tugatilganda; O'zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo'qotganda; qasddan sodir etgan jinoyati uchun sud hukmi bilan sudlanganda; vafot etganda. Muassisning huquqlari va majburiyatlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa hollarda ham tugatilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.