«Ommaviy axborot vositalari to'g'risida»gi qonun

12-modda. Ommaviy axborot vositalarini ro'yxatga olish

(12-модданинг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2002 йил 30 августдаги 405–II-сон Қонуни таҳририда, — Олий Мажлис Ахборотномаси, 2002 й., 9-сон, 165-модда)

Tahririyat ro'yxatdan o'tkazilganlik to'g'risida guvohnoma olinganidan keyin faoliyat boshlashi mumkin. Ommaviy axborot vositalarini ro'yxatga olish to'g'risidagi ariza O'zbekiston Respublikasi Hukumati vakolat bergan davlat organiga belgilangan tartibda muassis tomonidan topshiriladi. Arizaga ta'sis hujjatlari ilova qilinadi. Ro'yxatga olish to'g'risidagi ariza topshirilgan kundan boshlab bir oy muddat ichida ko'rib chiqilishi shart. Ommaviy axborot vositasini chiqarishga kirishish huquqi guvohnoma olingan kundan boshlab olti oy davomida saqlanib turadi. Belgilangan muddat ichida ommaviy axborot vositasining birorta ham soni (dasturi) e'lon qilinmagan taqdirda ro'yxatdan o'tkazilganlik to'g'risidagi guvohnoma o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.