Ta'sis shartnomasi va ustav (nizom) ommaviy axborot vositasining ta'sis hujjatlari hisoblanadi.
Bir nechta muassis o'rtasida tuziladigan ta'sis shartnomasida quyidagi ma'lumotlar bo'ladi:
muassislarning nomi haqidagi;
ta'sis etilayotgan ommaviy axborot vositasining turi, faoliyati predmeti va maqsadi, chiqish davriyligi haqidagi;
ta'sis etilayotgan ommaviy axborot vositasining nomi, pochta manzili haqidagi;
ommaviy axborot vositasining ustav fondi miqdori, moliyalashtirish manbalari va uni hosil qilish tartibi haqidagi;
muassislarning ommaviy axborot vositasi faoliyatida ishtirok etishiga doir huquqlari va majburiyatlari haqidagi;
ommaviy axborot vositasi faoliyatini boshqarish tartibi haqidagi;
foydani taqsimlash tartibi haqidagi;
ommaviy axborot vositasini qayta tashkil etish, tugatish (ommaviy axborot vositasining faoliyatini tugatish) tartibi haqidagi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shartlar to'g'risidagi.
Agar bir shaxs muassis hisoblansa, u ro'yxatga oluvchi organga ustavini taqdim etadi.
lex.uz’dagi asl matn«Ommaviy axborot vositalari to'g'risida»gi qonun
11¹-modda. Ta'sis hujjatlari
(11¹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2002 йил 30 августдаги 405–II-сон Қонунига билан киритилган — Олий Мажлис Ахборотномаси, 2002 й., 9-сон, 165-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.