Muassis quyidagi huquqlarga ega:
ta'sis shartnomasi, ustav (nizom) va qonun hujjatlarida, shuningdek u bilan tahririyat o'rtasida tuzilgan shartnomada belgilangan vakolatlari doirasida ommaviy axborot vositasining ishlarini boshqarishda ishtirok etish;
qo'shgan mulkiy ulushiga muvofiq ravishda foyda va zararlar taqsimotida ishtirok etish;
ommaviy axborot vositasini muassis yoki uning tomonidan ko'rsatilgan uchinchi shaxs manfaatlarini ko'zlab qonun hujjatlariga muvofiq boshqaruvni amalga oshirishi lozim bo'lgan boshqa shaxsga (ishonchli boshqaruvchiga) mulkiy majmui sifatida ishonchli boshqaruvga topshirish;
ommaviy axborot vositasi muharririni (bosh muharririni), shuningdek tahrir hay'ati a'zolarini tayinlash va ozod qilish;
eng katta hajmi va e'lon qilish muddati tahririyat ustavida (nizomida) yoki ta'sis shartnomasida belgilanadigan xabarni yoki reklama tusida bo'lmagan materialni o'z nomidan bepul joylashtirish;
ommaviy axborot vositasi tugatilgan yoki ommaviy axborot vositasining faoliyati tugatilgan taqdirda kreditorlar bilan hisob-kitob qilinganidan keyin qolgan mol-mulkning bir qismini yoki uning qiymatini qo'shgan mulkiy ulushiga muvofiq qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda olish.
Muassis quyidagilarni bajarishi shart:
ommaviy axborot vositasining ustavini (nizomini) tasdiqlash;
ommaviy axborot vositasi tahririyati bilan shartnoma tuzish;
ommaviy axborot vositalari to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni ta'minlash.
Muassis tsenzurani amalga oshirishga, retsenziyadan o'tkazishga yoki tahririyatning ijodiy faoliyatiga aralashishga, shuningdek ommaviy axborot vositasining ishlab chiqarilishi va tarqatilishi masalalariga aralashishga haqli emas, ta'sis shartnomasida yoki ustavda (nizomda) nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Qonun hujjatlariga muvofiq muassis boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi va uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo'lishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Ommaviy axborot vositalari to'g'risida»gi qonun
11³-modda. Muassisning huquqlari va majburiyatlari
(11³-модда Ўзбекистон Республикасининг 2002 йил 30 августдаги 405–II-сон Қонунига билан киритилган — Олий Мажлис Ахборотномаси, 2002 й., 9-сон, 165-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.