Ma'muriy javobgarlik kodeksi

88-modda. Atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya qilmaslik

(88-модда Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 4 майдаги ЎРҚ-1143-сонли Қонунига асосан бешинчи ва олтинчи қисмлар билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 04.05.2026 й., 03/26/1143/0450-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 5 август)

Qurilish ishlarini va boshqa ishlarni bajarish chog'ida yonilg'i moddalarni va qurilish materiallarini bir joyga to'plashda, ushbu moddalar va materiallarni, shuningdek yoqilg'i hisoblanmaydigan materiallarni yoqishda atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya etmaslik, maxsus texnik qurilmalarni qo'llamasdan bitumni eritish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma'muriy jazo chorasi qo'llanilgandan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o'n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Dala va aholi punktlarida ang'iz, xazon va shox-shabbalarni yoki o'simliklarning boshqa qoldiqlarini yoqib yuborish, atmosfera havosini zararli moddalar bilan ifloslantirishga olib kelsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravaridan o'ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o'ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Yoqish uchun mo'ljallanmagan joylarda va (yoki) qurilmalarda yoqilg'ini, yoqilg'i sifatida foydalaniladigan moddalarni yoki moddalar aralashmasini, yoqilg'i hisoblanmaydigan materiallarni va chiqindilarni ochiq alanga oldirib yoqish, shuningdek issiqxonalarda, ishlab chiqarish binolarida, yondirish uskunalarida yoki boshqa ob'yektlarda yoqilg'i sifatida shinalarni, bitumni, mazutni, plyonkani, sintetik kartonni, rezinani, jun tolasini yoqish va shunga o'xshash komponentlarni o'z ichiga olgan chiqindilarni yoqish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o'n besh baravaridan yigirma besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravaridan yetmish baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.