Ma'muriy javobgarlik kodeksi

89-modda. O'simliklarni himoya qilish vositalari va boshqa dorilarni shuningdek kuchli ta'sir etuvchi zaharli moddalarni hamda bug'lanuvchan birikmalarni tashish, saqlash va qo'llanish qoidalarini buzish

(89-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 25 августдаги ЎРҚ-711-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.08.2021 й., 03/21/711/0825-сон — 2021 йил 27 ноябрдан кучга киради)

O'simliklarni himoya qilish vositalarini, ularning o'sishini tezlashtiruvchi vositalarni, mineral o'g'itlarni hamda boshqa dorilarni, shuningdek kuchli ta'sir etuvchi zaharli moddalarni va bug'lanuvchan birikmalarni tashish, saqlash, ulardan foydalanish, ularni qo'llash hamda ulardan bo'shagan idishlarni zararsizlantirish qoidalarini tuproqning, suvning, atmosfera havosining ifloslanishiga yoki o'simliklar, hayvonot dunyosi yo'q qilib yuborilishiga olib kelishi mumkin bo'lgan tarzda buzish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma'muriy jazo chorasi qo'llanilgandan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa yoxud tuproq, suv, atmosfera havosining ifloslanishiga, o'simlik va hayvonot dunyosiga zarar yetishiga olib kelsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.