Ma'muriy javobgarlik kodeksi

87-modda. Chiqindilarda ifloslantiruvchi moddalar normativdan ortiq bo'lgan transport va boshqa harakatlanuvchi vositalar va qurilmalarni tayyorlash hamda foydalanishga chiqarish

(87-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 25 мартдаги ЎРҚ-1124-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.03.2026 й., 03/26/1124/0277-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 28 июнь)

Chiqindilarda ifloslantiruvchi moddalar, shuningdek ishlab turgan vaqtda shovqin va boshqa fizik ta'sir darajasi belgilangan normativdan ortiq bo'lgan avtomobillar, samolyotlar, kemalar va boshqa harakatlanuvchi vositalar va qurilmalarni tayyorlash hamda foydalanishga chiqarish yoxud harakatlanuvchi vositalar va qurilmalarni ta'mirlash hamda ularga texnik xizmat ko'rsatish chog'ida ishlatib chiqarilgan gazlardagi ifloslantiruvchi moddalarning tarkibi hamda ular fizikaviy omillarining zararli ta'siri tegishli normativlarga muvofiqligini tekshirish va tartibga solib turishni ta'minlamaslik — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o'n baravaridan o'n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Chiqindilarda ifloslantiruvchi moddalar, shuningdek ishlab turgan vaqtida shovqin darajasi belgilangan normativdan ortiq bo'lgan harakatlanuvchi qurilmalardan foydalanish — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o'n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.