O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining taftish tartibida berilgan shikoyatni O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'atiga ko'rib chiqish uchun o'tkazish to'g'risidagi ajrimida quyidagilar ko'rsatilishi kerak:
1) ajrim chiqarilgan joy va sana;
2) ajrim chiqargan sudyaning familiyasi, ismi, otasining ismi;
3) taftish tartibida shikoyat bergan shaxs haqidagi ma'lumotlar;
4) qaror chiqargan birinchi instantsiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instantsiyasi sudining nomi, birinchi instantsiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instantsiyasi sudining qarori chiqarilgan sana;
5) taftish tartibida berilgan shikoyatning mazmuni;
6) taftish tartibida berilgan shikoyatni ko'rib chiqish uchun O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'atiga o'tkazish sabablari va asoslari;
7) ishni O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'atida ko'rib chiqish joyi va sanasi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi taftish tartibida berilgan shikoyatni o'zi chiqargan ajrim bilan birga O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'atiga ish bilan birga o'tkazadi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
324³³-modda. Taftish tartibida berilgan shikoyatni O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'atiga ko'rib chiqish uchun o'tkazish to'g'risidagi ajrim
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.