Ma'muriy javobgarlik kodeksi

324³²-modda. Sud qarorlarini O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'atida taftish tartibida qayta ko'rib chiqish uchun asoslar mavjud emasligi to'g'risidagi ajrim

Sud qarorlarini O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'atida taftish tartibida qayta ko'rib chiqish uchun asoslar mavjud emasligi to'g'risidagi ajrimda quyidagilar ko'rsatilishi kerak: 1) ajrim chiqarilgan joy va sana; 2) ajrim chiqargan sudyaning familiyasi, ismi, otasining ismi; 3) taftish tartibida shikoyat bergan shaxs haqidagi ma'lumotlar; 4) qaror chiqargan birinchi instantsiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instantsiyasi sudining nomi, birinchi instantsiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instantsiyasi sudining qarori chiqarilgan sana; 5) taftish tartibida berilgan shikoyatning mazmuni; 6) taftish tartibidagi shikoyatni ko'rib chiqish uchun O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'atiga o'tkazishni rad etish sabablari va asoslari. Sud qarorlarini O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'atida taftish tartibida qayta ko'rib chiqish uchun asoslar mavjud emasligi to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining ajrimi ustidan taftish tartibida shikoyat bergan shaxs tomonidan O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisiga, uning o'rinbosariga shikoyat qilinishi mumkin. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, uning o'rinbosari taftish tartibida shikoyat bergan shaxsning shikoyatiga ko'ra O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining sud qarorlarini taftish tartibida qayta ko'rib chiqish uchun asoslar mavjud emasligi to'g'risidagi ajrimini bekor qilish haqida ajrim chiqarishga va shikoyatni ish bilan birga taftish tartibida ko'rib chiqish uchun O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'atiga o'tkazishga haqlidir.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.