Taftish tartibida berilgan shikoyat unga ilova qilingan materiallar bilan birga, zarur bo'lgan hollarda esa ishni talab qilib olgan holda O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi tomonidan o'rganib chiqiladi.
Shikoyatni o'rganib chiqish natijalari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi o'z ajrimi bilan quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
1) sud qarorlarini taftish tartibida qayta ko'rib chiqish uchun asoslar mavjud emasligi to'g'risida;
2) shikoyatni ish bilan birga ko'rib chiqish uchun O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'atiga o'tkazish haqida.
Taftish tartibida shikoyat bergan shaxsga qabul qilingan qaror to'g'risida uch sutka ichida xabar qilinadi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
324³¹-modda. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'atiga kelib tushgan, taftish tartibida berilgan shikoyatlar bo'yicha qabul qilinadigan qarorlar
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.