Трудовой кодекс

586-modda. Ish tashlashning borishi

Ish tashlash paytida jamoaviy mehnat nizosi taraflari nizoni yarashtiruv-vositachilik tartib-taomillari orqali hal qilishda davom etishlari kerak. Xodim, ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo'mitasi ish tashlash paytida jamoat tartibini, ish beruvchining va xodimlarning mol-mulki xavfsizligini, shuningdek to'xtatilishi inson hayoti va sog'lig'iga bevosita xavf tug'diradigan uskunalarning ishlashini ta'minlash bo'yicha choralar ko'rishi shart. Ushbu Kodeks 589-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan xizmatlarda (sohalarda) minimal zarur ishlar (xizmatlar) ta'minlanishi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.