Трудовой кодекс

587-modda. E'lon qilingan ish tashlashning boshlash vaqtini kechiktirish yoki ish tashlashni to'xtatib turish

Ish tashlash insonlarning hayoti va sog'lig'iga zarar yetkazish real xavfini keltirib chiqarsa, tinchlik va xavfsizlikka, jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga, ekologik barqarorlikka tahdid solsa, sudning qaroriga asosan: e'lon qilingan ish tashlashning boshlanish vaqti o'ttiz kalendar kundan ko'p bo'lmagan muddatga kechiktirilishi; ish tashlash o'ttiz kalendar kundan ko'p bo'lmagan muddatga to'xtatib turilishi mumkin. E'lon qilingan ish tashlashning boshlanish vaqtini kechiktirish yoki ish tashlashni to'xtatib turish to'g'risidagi sudning qarori to'g'risida xodimlar ish tashlashga rahbarlik qiluvchi orqali darhol xabardor qilinishi shart. E'lon qilingan ish tashlashning boshlanish vaqtini kechiktirish yoki ish tashlashni to'xtatib turish to'g'risidagi sudning qarori darhol ijro etilishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.