Xodimning ish tashlash bilan bog'liq jarayonda ishtirok etgani uni intizomiy javobgarlikka tortish uchun asos sifatida ko'rib chiqilishi mumkin emas.
Ish tashlash paytida unda ishtirok etadigan xodimning ish joyi va lavozimi saqlanib qoladi.
Ish beruvchi xodimga u ish tashlashda qatnashgan vaqtida ish haqini to'lamaslik huquqiga ega.
Ish tashlashda ishtirok etmagan, biroq ish tashlash o'tkazilayotganligi sababli bekor turib qolgan xodimlarga haq to'lash ushbu Kodeksda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Ish tashlashda ishtirok etmagan xodimlar bekor turib qolish munosabati bilan ish beruvchining tashabbusi bilan ushbu Kodeksda belgilangan tartibda vaqtincha boshqa ishga o'tkazilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn585-modda. Xodimlarga ish tashlash munosabati bilan beriladigan kafolatlar
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.