Трудовой кодекс

584-modda. Ish tashlashga rahbarlik qilish

Ish tashlashga kasaba uyushmasi qo'mitasining vakolatli vakili rahbarlik qiladi. Ish tashlashga rahbarlik qiluvchi: xodimlar umumiy yig'ilishlarini (konferentsiyalarini) chaqirishga; ish beruvchidan xodimlarning manfaatlariga daxldor masalalar bo'yicha ma'lumot olishga; ish tashlashni e'lon qilish va o'tkazish uchun asos bo'lgan kelishmovchiliklarni hal qilishda xodimlar nomidan ish yuritishga; kelishib olinishi zarur bo'lgan masalalar bo'yicha fikrlarni tayyorlash uchun mutaxassislarni jalb qilishga; ish tashlashda ishtirok etayotgan xodimlarning ellik foizidan ko'prog'ining roziligi bilan ish tashlashni to'xtatib qo'yishga haqli. Ish tashlashga rahbarlik qiluvchi: ish tashlash amalga oshirilayotgan davrda O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va boshqa qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini ta'minlashi; jamoaviy mehnat nizosini tinch yo'l bilan hal etish uchun barcha zarur choralarni ko'rishi; ish tashlashni e'lon qilish to'g'risidagi qarorda nazarda tutilgan ish tashlash boshlanadigan sana, vaqt va joyga doir talablarga amal qilinishini ta'minlashi; jamoaviy mehnat nizosi taraflariga, davlat organlari va tashkilotlariga yolg'on yoki buzib ko'rsatilgan axborot taqdim qilmasligi; o'ziga berilgan vakolatlar doirasidan chetga chiqmasligi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.