Noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo'lgan shaxslarning mehnatiga haq to'lash ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligida xodimlar uchun xuddi ish vaqtining normal davomiyligida bo'lgani kabi miqdorda amalga oshiriladi.
Zararli va (yoki) xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo'lgan xodimlarning mehnatiga haq to'lash oshirilgan miqdorda belgilanadi.
Zararli va (yoki) xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo'lgan xodimlar mehnatiga to'lanadigan haqni oshirishning eng kam miqdori normal mehnat sharoitlaridagi har xil turdagi ishlar uchun belgilangan tarif stavkasining (maoshning) to'rt foizini tashkil etadi.
Mehnat haqini oshirishning aniq miqdorlari ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo'mitasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matnMehnat kodeksi
482-modda. Ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligi belgilangan noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo'lgan shaxslarning mehnatiga haq to'lash
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.