Mehnat kodeksi

481-modda. Noqulay mehnat sharoitlaridagi ish uchun yillik qo'shimcha ta'til

Noqulay mehnat sharoitlarida band bo'lgan xodimlar yillik qo'shimcha ta'til olish huquqiga ega. Qo'shimcha ta'til olish huquqini beradigan ishlar, kasblar va lavozimlar ro'yxati, ta'tillarning davomiyligi, ularni berish tartibi va shartlari jamoa kelishuvlarida, jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo'lsa, — ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo'mitasi bilan kelishilgan holda, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Ish o'rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunaning jarohat yetkazish xavfi yuzasidan attestatsiyadan o'tkazish tartibi to'g'risidagi nizomga muvofiq belgilanadi. Noqulay mehnat sharoitlarida band bo'lgan xodimlarga beriladigan yillik qo'shimcha ta'tilning eng qisqa davomiyligi, shuningdek noqulay mehnat sharoitlaridagi ish uchun yillik qo'shimcha ta'tillarni berish shartlari va tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.