Mehnatga haq to'lashning ishbay tizimida narxlar belgilangan ish razryadlaridan, mehnatga haq to'lash razryadlaridan, tarif stavkalaridan (maoshlardan) va ishlab berish normalaridan (vaqt normalaridan) kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Ishbay narx bajariladigan ishning razryadiga muvofiq bo'lgan kunbay tarif stavkasini yoki soatbay tarif stavkasini kunbay yoki soatbay ishlab berish normasiga bo'lish yo'li bilan aniqlanadi. Ishbay narx bajariladigan ishning razryadiga muvofiq bo'lgan kunbay tarif stavkasini yoxud soatbay tarif stavkasini belgilangan kunbay yoki soatbay vaqt normasiga ko'paytirish yo'li bilan ham aniqlanishi mumkin.
Kunbay tarif stavkasi (maosh) yoki soatbay tarif stavkasi mehnatga haq to'lashning razryadiga muvofiq bo'lgan oylik tarif stavkasini yoki lavozim maoshini ish kunlarining yoxud ish soatlarining oylik normasiga bo'lish yo'li bilan aniqlanadi.
lex.uz’dagi asl matnMehnat kodeksi
277-modda. Mehnatga haq to'lashning ishbay tizimida narxlarni aniqlash
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.