Mehnatga haq to'lashning vaqtbay tizimida normalashtirilgan topshiriqlarni, shu jumladan alohida vazifalarni va ish hajmini bajarish maqsadida xodimlarga nisbatan xizmat ko'rsatish normasi va xodimlar soni normasi belgilanishi mumkin.
Muayyan ishlab chiqarish sharoitlarida normalashtirilgan topshiriqlar va xizmat ko'rsatish normalarini belgilashda mahsulot birligiga qilingan mehnat sarflari normalaridan, xodimlar soni normalaridan, ish vaqtining rejali fondlaridan va boshqa ma'lumotlardan foydalaniladi.
Byudjet tashkilotlarida xizmat ko'rsatish normalarini va lavozimlarni joriy etish normalarini belgilash O'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, shuningdek tegishli tarmoq kasaba uyushmasi qo'mitasi bilan kelishilgan holda vakolatli davlat boshqaruvi organi tomonidan amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matnMehnat kodeksi
278-modda. Normalashtirilgan topshiriqlarni va xizmat ko'rsatish normalarini belgilash
(278-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 13 февралдаги ЎРҚ-1030-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 14.02.2025 й., 03/25/1030/0144-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.