Ish beruvchi mehnat normalarining bajarilishi uchun zarur shart-sharoitlarni ta'minlashi shart. Bunday shart-sharoitlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
binolar, inshootlar, mashinalar, texnologik jihozlar va boshqa asbob-uskunalarning soz holatda bo'lishi;
ishlarni bajarish uchun zarur bo'lgan texnik hujjatlar va boshqa zarur hujjatlar bilan o'z vaqtida ta'minlash;
mehnat shartnomasida shartlashilgan ishlarni bajarish uchun zarur bo'lgan materiallar, asboblar, boshqa vositalar va buyumlarning lozim darajada sifatli bo'lishi, ularning xodimga o'z vaqtida taqdim etilishi;
mehnat muhofazasi va ishlab chiqarish xavfsizligi talablariga javob beradigan mehnat shart-sharoitlari.
lex.uz’dagi asl matnMehnat kodeksi
276-modda. Ish beruvchining mehnat normalarini bajarish uchun zarur mehnat shart-sharoitlarini ta'minlash majburiyatlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.