Mehnat kodeksi

275-modda. Mehnat normalarining amal qilish muddati

Mehnat normalari doimiy bo'lishi mumkin, bunda ular nomuayyan muddatga belgilanadi va ushbu Kodeksning 274-moddasiga muvofiq almashtirilguniga va qayta ko'rib chiqilguniga qadar amal qiladi, mehnat normalari vaqtinchalik ham bo'lishi mumkin, bunda ular mahsulot ishlab chiqarishni, texnika, texnologiyalarni o'zlashtirish davri uchun yoki ishlab chiqarishni va mehnatni tashkil etish davri uchun uch oygacha bo'lgan muddatga belgilanadi. Mazkur muddat tugaganidan keyin vaqtinchalik normalar doimiy normalar bilan almashtirilishi lozim. Ayrim hollarda vaqtinchalik normalarning amal qilish muddati ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo'mitasi bilan kelishilgan holda uzaytirilishi mumkin. Texnologiya o'zgartirilganda, baxtsiz hodisalar va avariyalar yuzaga kelishi xavfi bilan bog'liq ishlarni bajarishda, shuningdek bir martalik xususiyatga ega boshqa shunga o'xshash ishlarni bajarishda mehnat normalari har bir aniq holatda tegishli ishlarni bajarish davri uchun belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.