Jinoyat-protsessual kodeksi

521⁸-modda. Jinoyat ishini O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'atida taftish tartibida tekshirish uchun talab qilib olish

O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi taftish tartibida berilgan shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) bo'yicha jinoyat ishini suddan talab qilib olishga haqli. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokurori va ularning o'rinbosarlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi prokurori, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlar taftish tartibida protest (xususiy protest) kiritish to'g'risidagi masalani hal etish uchun ishni suddan o'z vakolatlari doirasida talab qilib olishga haqli. Ishlarni talab qilib olishga ushbu Kodeksning 511-moddasida ko'rsatilgan shaxslarning shikoyatlari, shuningdek sudyaning taqdimnomasi, ommaviy axborot vositalarining xabarlari sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.