Jinoyat-protsessual kodeksi

521⁹-modda. Taftish tartibida berilgan shikoyatni, protestni (xususiy shikoyatni, xususiy protestni) ko'rib chiqmasdan qaytarish

Taftish tartibida berilgan shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) quyidagi hollarda ko'rib chiqilmasdan qaytariladi, agar: 1) taftish tartibida berilgan shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) ushbu Kodeksning 515-moddasida nazarda tutilgan talablarga javob bermasa; 2) taftish tartibida berilgan shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) ushbu Kodeksning 511, 512-moddalarida ko'rsatilgan shaxslar tomonidan berilmagan bo'lsa; 3) ish Qoraqalpog'iston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan taftish tartibida ko'rilmagan bo'lsa; 4) Qoraqalpog'iston Respublikasi sudida, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarida, O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudida birinchi instantsiya bo'yicha ko'rib chiqilgan ishlar apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko'rilmagan bo'lsa; 5) taftish tartibida berilgan shikoyatni, protestni (xususiy shikoyatni, xususiy protestni) qaytarib olish to'g'risida ariza kelib tushgan bo'lsa. Ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan holatlar bartaraf etilganidan keyin shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) bergan shaxs takroran umumiy asoslarda murojaat qilishga haqlidir.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.