Agar ayrim mahkumlarga taalluqli taftish tartibida berilgan shikoyat yoki protest biror-bir sabablarga ko'ra ishni taftish tartibida ko'ruvchi sudga boshqa mahkumlarga taalluqli jinoyat ishi ko'rib bo'linganidan keyin kelib tushsa, shuningdek agar mahkumning, uning himoyachisining yoki qonuniy vakilining taftish tartibida berilgan shikoyati, ushbu mahkumga taalluqli ish protsessning boshqa ishtirokchisining taftish tartibida berilgan shikoyati yoki protesti bo'yicha ko'rib chiqilganidan so'ng kelib tushgan bo'lsa, ishni taftish tartibida ko'ruvchi sud bunday shikoyatni yoki protestni ko'rib chiqishi va u bo'yicha tegishli qaror chiqarishi shart.
Agar ishni qo'shimcha tarzda ko'rish chog'ida ishni taftish tartibida ko'ruvchi sud tomonidan chiqarilgan hukm, ajrim (qaror) ilgari chiqarilgan hukmga, ajrimga (qarorga) zid bo'lsa, protest bildirish to'g'risidagi masalani hal qilish uchun ish taftish tartibida protest bildirish vakolatiga ega bo'lgan prokurorga yuboriladi.
Jinoyat ishini qo'shimcha tarzda ko'rish tartibi kechikib kelgan xususiy shikoyatlarga va xususiy protestlarga nisbatan ham taalluqlidir.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
521⁷-modda. Ishni taftish instantsiyasi sudida qo'shimcha tarzda ko'rish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.