Qoraqalpog'iston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudi jinoyat ishini taftish tartibida ko'rib chiqib, uning natijalariga ko'ra quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
1) birinchi instantsiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instantsiyasi sudining hukmini, ajrimini o'zgarishsiz qoldirish, taftish tartibida berilgan shikoyatni, protestni esa qanoatlantirmasdan qoldirish to'g'risida;
2) apellyatsiya yoki kassatsiya instantsiyasi sudining hukmini, ajrimini bekor qilish va birinchi instantsiya sudining hukmini, ajrimini o'zgarishsiz qoldirish to'g'risida;
3) ish bo'yicha qabul qilingan barcha sud qarorlarini bekor qilish va ayblov yoki oqlov hukmi chiqarish to'g'risida;
4) ish bo'yicha qabul qilingan barcha sud qarorlarini bekor qilish va ishni tugatish to'g'risida;
5) ushbu Kodeks 493-moddasining to'rtinchi qismida nazarda tutilgan holatlar mavjud bo'lgan taqdirda, ish bo'yicha qabul qilingan barcha sud qarorlarini bekor qilish va jinoyat ishini birinchi instantsiya sudiga yuborish to'g'risida;
6) birinchi instantsiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instantsiyasi sudining hukmini, ajrimini o'zgartirish to'g'risida;
7) shikoyat, protest qaytarib olingan taqdirda, taftish tartibidagi ishni yuritishni tugatish to'g'risida.
Ushbu modda birinchi qismining 1 va 2-bandlarida, 4 — 7-bandlarida nazarda tutilgan hollarda ishni taftish tartibida ko'ruvchi sud ajrim chiqaradi.
Ushbu modda birinchi qismining 3-bandida nazarda tutilgan hollarda, ishni taftish tartibida ko'ruvchi sud hukm chiqaradi.
Jinoyat ishini taftish tartibida ko'ruvchi Qoraqalpog'iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi, O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudi ushbu Kodeksning 298 va 300-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo'lgan taqdirda, shuningdek tegishli mansabdor shaxslarning e'tiborini surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi jarayonida yo'l qo'yilgan kamchiliklarga qaratish zarur bo'lgan taqdirda xususiy ajrim chiqaradi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
521⁴-modda. Jinoyat ishini taftish tartibida ko'rib chiquvchi Qoraqalpog'iston Respublikasi sudining, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarining, O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudining vakolatlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.