Jinoyat-protsessual kodeksi

521⁵-modda. Sudning ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyatni (xususiy protestni) ko'rib chiqish

Sudning ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyat, xususiy protest ushbu Kodeksning 521³-moddasida belgilangan qoidalar bo'yicha ko'rib chiqiladi. Taftish instantsiyasining sudi ishni birinchi instantsiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instantsiyasi sudining ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyat (xususiy protest) bo'yicha ko'rib chiqish natijalariga ko'ra quyidagilarga haqli: 1) birinchi instantsiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instantsiyasi sudlarining ajrimlarini o'zgarishsiz, xususiy shikoyatni (xususiy protestni) esa qanoatlantirmasdan qoldirishga; 2) birinchi instantsiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instantsiyasi sudlarining ajrimlarini bekor qilishga va ishni yangidan sudda ko'rib chiqish uchun yuborishga; 3) birinchi instantsiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instantsiyasi sudlarining ajrimlarini bekor qilishga va ishni umumiy qoidalar bo'yicha surishtiruv yoki dastlabki tergovni o'tkazish uchun prokurorga yuborishga; 4) birinchi instantsiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instantsiyasi sudlarining ajrimlarini bekor qilishga va amnistiya aktini qo'llashga; 5) birinchi instantsiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instantsiyasi sudlarining ajrimlarini bekor qilishga va ish yuritishni tugatishga; 6) birinchi instantsiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instantsiya sudining xususiy ajrimini bekor qilishga; 7) birinchi instantsiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instantsiyasi sudlarining ajrimlarini o'zgartirishga.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.