Jinoyat-protsessual kodeksi

521¹⁹-modda. Jinoyat ishini taftish tartibida ko'rib chiquvchi O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'atining hukmi, ajrimi

Jinoyat ishini taftish tartibida ko'rib chiquvchi O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'atining hukmi, ajrimi ushbu Kodeksning 521⁶-moddasida belgilangan talablarga muvofiq chiqariladi va sudning to'liq tarkibi tomonidan imzolanadi. Ovoz berishda ozchilik tomonda qolgan sudya hukmga, ajrimga imzo qo'yib, o'zining alohida fikrini ushbu Kodeks 472-moddasining talablariga rioya etgan holda yozma shaklda qoldirishga haqli. Jinoyat ishini taftish tartibida ko'rib chiquvchi O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'atining hukmi, ajrimi sud majlisi zalida o'qib eshittiriladi va darhol qonuniy kuchga kiradi. Ishni taftish tartibida ko'rib chiquvchi O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'atining hukmi, ajrimi ushbu Kodeks 521⁶-moddasining oltinchi va yettinchi qismlarida belgilangan tartibda ijro etiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.